PRIVACY & LEGAL

FOYDALANISH SHARTLARI

 

BYD saytiga xush kelibsiz, bizning saytimizga kirish va undan foydalanish orqali tashrif buyuruvchilar ushbu Shartlarga hech qanday cheklov va istisnolarsiz rioya qilishga majbur bo'ladilar. Ushbu Shartlar veb-sayt uchun Maxfiylik Siyosati va Cookie Fayllari Siyosati bilan birgalikda o'qilishi lozim. Maxfiylik Siyosati va Cookie Fayllari Siyosati siz bizga taqdim etadigan yoki biz yig'adigan shaxsga doir ma'lumotlarni qanday yig'ishimiz va ulardan qanday foydalanishimiz haqida ma’lumot beradi.

 

BIZ HAQIMIZDA MA'LUMOT

"BYD Central Asia" MCHJ tomonidan boshqariladigan "BYD Uzbekistan" (www.byd.com/uz) veb-sayti sizni BYDning tovar va xizmatlari haqida reklamalar va global axborot, shuningdek ko'plab boshqa narsalardan xabardor qilib turadi. BYD tomonidan ushbu saytda taqdim etiladigan tovarlar faqatgina O'zbekiston bozori uchun mo'ljallangan.

 

TRANSPORT VOSITALARI TO'G'RISIDA BATAFSIL MA'LUMOT

Ushbu saytda transport vositalari uchun keltirilgan barcha statistikalar, ma'lumotlar amaldagi qonunchilikka muvofiq boshqariladigan muhitda o'lchanadi. O'lchovlar standart ishlab chiqarilgan transport vositasida amalga oshiriladi. Amaliyotda transport vositasi ishlashiga ob-havo sharoiti, yuk, shinalardagi bosim, haydovchining xatti-harakati va boshqa shu kabi omillar ta'sir qilishi mumkin.

 

NARXLAR

Iltimos, shuni inobatga olingki, bizning veb-saytimizda ko'rsatilgan narxlar [faqatgina namunaviy narxlardir] va BYD tovarlari va xizmatlarini sotish uchun oferta hisoblanmaydi. Narxlar transport vositasining o'ziga xos xususiyatlari kabi omillarga qarab o'zgarishi mumkin.

 

BIZNING DILERLARIMIZ

Bizning transport vositalarimiz, boshqa tovarlar va xizmatlarimiz (ushbu Shartlarda birgalikda "transport vositalari" deb yuritiladi) Oʻzbekistonda rasmiy dilerlar orqali sotiladi. Shuni inobatga olingki, ushbu dilerlar BYDning transport vositalarini sotsalar ham, ular BYDning agentlari sifatida faoliyat yuritmaydilar. Ushbu Shartlar dilerlar tomonidan boshqariladigan veb-saytlarga qo'llanilmaydi va har bir dilerning veb-sayti o'zining foydalanish shartlariga bo'ysunishi kerak.

 

TEST DRAYVLAR

Siz ushbu saytdan saytda ko'rsatilgan transport vositasini (yoki transport vositalarini) test-drayv (sinovdan o'tkazish) uchun so'rov yuborishda foydalanishingiz mumkin. Shuni yodda tutingki, test-drayv qilish uchun so'rovni yuborish sizga test-drayv taklif qilinishiga kafolat bermaydi.

Test-drayvlar joriy status, shart-sharoitlar va transport vositalari va dilerlar mavjudligiga qarab taklif etiladi. Test-drayvni bron qilish haqida qo'shimcha ma'lumot olish uchun biz bilan yoki dilerlarimiz bilan bog'laning.

 

AKSIYALAR

Vaqti-vaqti bilan biz saytda reklama aksiyalarini o'tkazishimiz mumkin. Agar siz bunday aksiyada ishtirok etishni istasangiz, iltimos, avvalo aksiya shartlarini o‘qib chiqing, chunki ular siz yuborgan har qanday arizaga nisbatan qo'llaniladi.

 

INTELLEKTUAL MULK

Ushbu saytdagi barcha materiallar mualliflik huquqi qonunlari va har bir davlatning boshqa amaldagi qonunlari bilan himoyalangan. BYDning intellektual mulk huquqlari (shu jumladan, mualliflik huquqlari, tovar belgisiga bo'lgan huquqlari va patent huquqlari) BYDning mutlaq mulki bo'lib qoladi. Shaxsiy, notijorat va ichki foydalanishdan tashqari, BYDning yozma roziligisiz saytdagi materiallardan foydalanish (shu jumladan, ulardan nusxa olish, ularni o'zgartirish, to'liq yoki qisman takrorlash, yuklab olish) mumkin emas.

 

TOVAR BELGISI

Ushbu saytdagi tovar belgisi, logotiplar, tasvirlar va xizmat ko'rsatish belgilari BYDning mulki hisoblanadi. BYDning oldindan yozma roziligisiz ulardan foydalanish, nusxa olish, ularni yuklab olish yoki tarqatish mumkin emas.

 

GIPERHAVOLALAR

Bizning saytimizda boshqa butunlay mustaqil internet saytlariga giperhavolalar bo'lishi mumkin. BYD har qanday giperhavola yoki boshqa Internet saytida mavjud bo'lgan ma'lumotlarning to'g'riligi, to'liqligi yoki haqiqiyligiga kafolat bermaydi. Bunday veb-saytlarga tashrif buyurish bilan bog'liq xavflar to'liq tashrif buyuruvchining zimmasida bo’ladi.

 

Hech qanday tasdiqlashlar yoki aniqlik kafolati yo'qligi

Garchi BYD aniq ma'lumotni taqdim etish uchun barcha sa'y-harakatlarini amalga oshirsa-da, ushbu saytdagi ma'lumotlarning to'g'riligiga kafolat berilmaydi.

 

JAVOBGARLIKNI RAD ETISH

BYD sizning BYD veb-saytiga kirishingiz yoki undan foydalanishingiz bilan bog'liq bo'lgan to'g'ridan-to'g'ri, bilvosita, tasodifiy yoki maxsus zararlar, shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda, kompyuter viruslari yoki BYD veb-saytidagi ma'lumotlardan foydalanish natijasida kelib chiqadigan yo'qotishlar yoki zararlar uchun har qanday javobgarlikni qat’iyan rad etadi (o'z zimmasiga olmaydi).

 

SHARTLARNING O'ZGARISHI

Biz vaqti-vaqti bilan ushbu Shartlarni o'zgartirish huquqini o'zimizda saqlab qolamiz. Har qanday o'zgarishlar ushbu sahifada e'lon qilinadi va e'lon qilinganidan keyin kuchga kiradi. Shartlar o'zgargandan so'ng saytga kirish va undan foydalanish orqali siz yangilangan Shartlarga amal qilishga rozilik bildirasiz.