BYD haqida
1995 yil fevral oyida tashkil etilgan BYD hayotni yaxshilash uchun texnologik innovatsiyalardan foydalanishga intilayotgan yuqori texnilogik kompaniya hisoblanadi. 28 yildan ortiq vaqt davomidagi yuqori tezlikdagi rivojlanishdan soʻng, BYD kompaniyasi 6 qit'ada 30 dan ortiq sanoat parklarini tashkil etdi va elektronika, avtomobil, qayta tiklanadigan energiya, shuningdek, temir yoʻl tranziti bilan bogʻliq sohalarda muhim rol oʻynadi. Energiya olish, saqlash va qoʻllashga e'tibor qaratgan holda, BYD kompaniyasi nol emissiya bilan keng qamrovli yangi energiya yechimlarini taklif qiladi.